Новости

Видео конкурс «10 ПРАВИЛ ЭФФЕКТИВНОГО ПРОВЕДЕНИЯ ЛЕТНИХ КАНИКУЛ» - “YOZGI TA’TILNI SAMARALI O‘TKAZISHNING 10 TA QOIDASI” video tanlovi

1 Июнь 2020

!!! ВНИМАНИЕ КОНКУРС !!!

Управление по работе с учащимися и молодежными организациями при Министерстве народного образования в сотрудничестве с ЮНФПА, Фондом Организации Объединенных Наций в области народонаселения объявляет конкурс на телеграмм канале «Men o‘smirman» (для девочек) под названием «10 ПРАВИЛ ЭФФЕКТИВНОГО ПРОВЕДЕНИЯ ЛЕТНИХ КАНИКУЛ»!

Категория участников! В конкурсе могут принять участие ученицы 7-11 классов.

Платформа конкурса! Конкурс будет проходить онлайн через телеграмм канал @yoshqizlarga.

Основные условия! Учащиеся, желающие принять участие в конкурсе, должны подготовить образовательное, социальное видео- или видеопрезентацию на тему «10 ПРАВИЛ ЭФФЕКТИВНОГО ПРОВЕДЕНИЯ ЛЕТНИХ КАНИКУЛ» и отправить администратору телеграмм канала @yoshqizlarga.

Видео материал должен быть не более 10 мегабайт и не более 3 минут, и должен быть отправлен в виде видео + комментарии. В комментариях участник должен указать свое имя, школу, в которой он / она учится (с указанием региона и района), класс и тему видео по порядку. Только одно видео будет принято от одного человека. Записи и тексты должны быть, без орфографических ошибок.

Срок подачи! Материалы к конкурсу принимаются до 18:00 10 июня 2020 года. Заявки принимаются с понедельника по пятницу до 10 июня, с 10:00 до 18:00. Видео, представленные позднее, не принимаются.

Критерии оценки:

За креативный подход и оригинальность - от 0 до 5 баллов;
За использование экспертных заключений и исследований - от 0 до 5 баллов;
За наличие личных взглядов автора и богатство его мировоззрения - от 0 до 5 баллов;
За соответствие национальным и общечеловеческим ценностям, а также правилам социального этикета - от 0 до 5 баллов;
За применимость рекомендаций для школьниц в сельской и городской местности - от 0 до 5 баллов;
За соблюдение временного лимита - от 0 до 5 баллов;
За максимальную полезность проведения досуга девочками-учащимися в течении лета (включая во внимание правила карантина); - от 0 до 5 баллов;
За не менее 20 положительных отзывов (Like) от участников канала - 5 баллов
За присутствие положительных, мотивационных задач и призыв к решению проблем основанных на принципе «равный-равному» - от 0 до 10 баллов.

Видео материалы, не соответствующие условиям конкурса и критериям оценки, не будут приняты и не будут размещены на канале @yoshqizlarga. Видео, не размещенные на канале в течение 24 часов с момента отправки, считаются не принятыми на конкурс.

Оценка! Все материалы будут рассмотрены и оценены 15-20 июня и будут объявлены на телеграмме канала @yoshqizlarga.

Победители будут награждены сертификатами и сувенирами от организаторов.

Активные участники, показавшие хорошие результаты, будут награждены сертификатами.

Видео победителей и активных, показавших хороший результат участников, будут размещены в социальных сетях и других телеграмм каналах, YouTube. Благодаря этим видео, дугие учащиеся по всей стране смогут продуктивно и полезно проводить свои летние каникулы.

«Основная цель конкурса - расширить мировоззрение школьниц, обеспечить полноценный досуг, обогатить их знания публичных выступлений и современные навыки личности, включая использование ИКТ, для достижения социальной активности в период карантина и реализации 5ти инициатив.

**********************************************************************************************************************************************************

!!! DIQQATTANLOV !!!

Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchi va yoshlar tashkilotlari bilan ishlash boshqarmasi, UNFPA, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorlikda Men o‘smirman (qizlar uchun) kanalida “YOZGI TA’TILNI SAMARALI O‘TKAZISHNING 10 TA QOIDASI” nomli tanlovini e’lon qiladi!



Ishtirokchilar kategoriyasi! Tanlovda ixtiyoriylik asosida umumta’lim maktablarining faqat 7-11 sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov platformasi! Tanlov onlayn tarzda telegramm tarmog‘idagi @yoshqizlarga kanalida tashkil etiladi.

Asosiy shartlar! Tanlovda ishtirok etish istagidagi o‘quvchi qizlar “YOZGI TA’TILNI SAMARALI O‘TKAZISHNING 10 TA QOIDASI” mavzusida ma’rifiy, ijtimoiy video rolik yoki video taqdimot tayyorlashi hamda uni @yoshqizlarga telegramm kanalining administratoriga yuborishi lozim.

Video material 10 megabaytdan va davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi hamda video+izoh tarzida yuborilishi talab etiladi. Izohda ishtirokchi ism/sharifi, ta’lim olayotgan maktabi (hudud va tumanni ko‘rsatgan holda)ni, sinfini hamda video mavzusini ketma-ketlikda ko‘rsatishi kerak. Bitta shaxsdan faqat bitta material qabul qilinadi. Tanlov materiallari va undagi matnlar imlo xatolarisiz bo‘lishi shart.

Muddat! Tanlovga materiallar 2020-yil 10-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Materiallar 10-iyun sanasiga qadar dushanbadan – jumagacha kunduzi soat 10:00 dan – 18:00 ga qadar bo‘lgan oraliqda yuborilishi lozim. Belgilangan muddatlardan tashqari va kechikib topshirilgan videolar qabul qilinmaydi.

Baholash mezonlari:

Ijodiy yondoshuv va orginallik uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Ekspert fikrlaridan foydalanilganligi va izlanish uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Muallifning shaxsiy fikrlari mavjudligi va dunyoqarashining boyligi uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Qizlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy odob, etika qoidalari nuqtai nazaridan mosligi uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Berilayotgan tavsiyalarning qishloq va shahar sharoitidagi o‘quvchi qizlar uchun mosligi uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Vaqt reglamentiga amal qilinganligi uchun - 0 dan 5 ballgacha;

O‘quvchi-qizlarning yoz davomida bo‘sh vaqtlarini (karantin qoidalarini inobatga olgan holda) maksimal foydali o‘tkazishga qaratilganligi uchun - 0 dan 5 ballgacha;

Kanal a’zolari tomonidan kamida 20 ta ijobiy e’tirof olganligi (“like” - yoqtirish belgisiga egalik) uchun - 5 ball;

Tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi ijobiy, motivatsion, rivojlantiruvchi chaqiriqlarga boyligi uchun - 0 dan 10 ballgacha baholanadi.

Eslatma! Tanlov shartlari hamda baholash mezonlariga mos kelmagan videolar tanlovga qabul qilinmaydi va @yoshqizlarga kanalida e’lon qilinmaydi. Material yuborilgandan so‘ng 24 soat ichida kanalda e’lon qilinmagan videolar tanlovga qabul qilinmagan hisoblanadi.



Natija!15-20 iyun kunlari barcha materiallar ko‘rib chiqiladi va baholangach
@yoshqizlarga telegram kanalida e’lon qilinadi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Faol va yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar sertifikat bilan rag'batlantiriladi.

Tanlov g‘oliblari hamda faol va yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning videolari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va boshqa telegram, youtube kanallariga joylashtiriladi. Ularning videolari orqali butun Respublika bo‘ylab boshqa o‘quvchi-qizlarning ham yozgi ta’til vaqti samarali va foydali o‘tishiga erishiladi.

Tanlovning bosh maqsadi o‘quvchi qizlarning dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash, notiqlik va zamonaviy shaxs ko‘nikmalari, jumladan AKT dan foydalanish bo‘yicha bilimlarini boyitishga, karantin sharoitida ijtimoiy faolliklariga ertishish, 5ta muhim tashabbusni amalga oshirish.